?

Log in

Предыдущие 10

14 сент, 2016

JET Producer

Yana hayotdan parcha

O'tgan yil noyabrdan beri o'zgarishla va voqealikla...

2015-yil noyabr ohirlarida MUZ.UZ dizaynini va nihoyat HTML5ga o'tqizdim. Responsive. Web masterla chunsa kere buni nimaligini :)
2016-yil boshlanishi oddiy kechdikuuu, lekin telefonim egasini almashtirdi. Mayli dimiza.
Ketidan aprel oyida yana 1ta qo'shimcha server ishga tushirdim. MUZ.UZ saytini qo'shimcha loyihalarini deyarli hammasini shu serverga ko'chirganman. Bohonada Asosiy serverga bo'gan nagruzkani kamaytirdim. Lekin 10 Mb/s tas-ix baribir kam. Shikoyat bor baribir. Iyun oyida Yevropada server arendaga oldim va MUZ.UZ loyihasini 2ta server asosida ishlashshi yo'lga qo'ydim. Ya'ni chet eldan kirsela yevropadigi server, O'zbekistondan kirsela tas-ix digi server jovob beradi. Lekin natijadan qoniqmadim va tas-ix tezlikni ko'tarish masalasida 2 oy to'xtovsiz ish qiishga to'ri keldi. Afsuski TPSdan natija chiqmadi. Aniqrog'i judayam qimmat narx so'rashdi. Yaxshiyamki Daxshat.uz serverlari bohonasida Scinet.uz bilan hamkorlik qilamiza. Bir amallab 1ta joy ajratib berishdi va TPS dan azgina arzonroq narxga 100 Mb/s tas-ix tezlikka ega bo'ldim. 29-iyul kuni serverri ko'chirdim. 10 kuncha buni natijasi azgina sezilib turdi. Hammasi mana asta sekin o'z joyiga tushdi. Endi bemalol foydalanuvchilarimiza yuqori tezlikda MUZ.UZ loyihalaridan baxramand bo'lishlari mumkin (qachonki o'zlarida tezlik yaxshi bo'sa).
MUZ.UZ sayti telegramda o'z kanaliga ega bo'ldi. Barcha saytda qilinayotgan oz'garish va yangiliklani hammasini kalanda berib boramiz.
Afsuski MUZ.UZ ofisini iyul ohirida yopishga majbur bo'ldik. Aniqrog'i o'zim turgan mahallada kichkinagina joy boridi, shu joyga ko'chirdim. Hozircha ofisda bir o'zimman. Balki yoshladan jurnalist va internet sohasida ishlamoqchi bo'ganla bo'sa, kelajeda birga ishlarmiz.

Darvoqe, may oyidan 2009-yilda ishga tushirib, keyin vaqtincha to'xtatgan loyihammi qayta tikladim. Internet Radio Qalbim navosi yana ish faoliyatini boshladi. Oldingiga nisbatan radio sohasida hozi ancha mukammal tajriba borligi sababli, hozirgi radio deyarli professional radioladan ajratish qiyin. To'ri, hali qilinadigan ishla ko'p. Planla qalashib yotipti. Lekin bir o'zim hozirgi kunda azgina ulgurmayamman.

Bundan tashqari MDH mamlakatlari va ularda yashovchi yurtdoshlarimiz uchun yurtimiz va dunyo kinosi haqida ma'lumot va filmlarni on-line tomosha qilish imkonini beruvchi UzbekMedia.ru saytini ham ishga tushirdim. Ochig'i bu loyiham shunchaki test va sinov uchun faoliyat yuritmoqda.

Kuzda nasib qisa oldingi qigan loyihalarimdan bittasini tiklamoqchiman. Lekin, yaxshi kamera va bo'sh vaqt topish kere. Hozircha plan, lekin albatta amalga oshirish kerak.

Ha etgancha, haliyam UMSdaman. Asosiy ish joyim bo'yicha boshqa ma'lumot bermiman :) Baribir hammaga qizumas bo'sa kere.

Tez orada yana ko'rishamiz digan niyatdaman :)

4 ноя, 2015

JET Producer

uzoooq sarhisob :)

o'ziyam aanchadan beri bo'tga hichnima yozmaganakanman. Hullas 2013-yildan beri ko'p narsa o'zgarib ketti. 2013 oktabrida A'lo FM yopildi. 2013 yakunida o'zbegim taronasidan ketdim. 2014 boshida vremenniy ish taklif bo'ldiyu, lekin maqul kemadi va taklifga otkaz.
Shu vaqt oralig'ida MUZ.UZ loyihasini bir tekisda ushab turishga harakat qivomman. Har holda oldingidaka jurnalistla yo'q. 2014-yilda internet peredacha tashkil qildik va test ko'rinishida 3ta dastur tayyorladik. Montaj, syomka jarayoniga vaqt kamligiga loyihayam nomalum vaqtgacha konservaciya qilindi.

2014-yil oktabrida hayotimda yengili sodir bo'ldi :) Uzoq kutilgan yengili.
Darvoqe Samsung Galaxy S5 olishgayam muyassar bo'ldim :)

2014-yil MTS UMS brendi bilan dekabrdan to'liq ish boshladi. Ura. Nega ura diganimga sal turib tushunasla :)

MUZ.UZ ofisini chilonzorga ko'chirdik. Ishla ko'p. Remont va hokazo... Doimiy ish qidirib charchagan payt disayam bo'ladi.

2015-yil boshida kutilmaganda UzMobile ga ishga chaqirishdi. 1 kun ishlab ko'rdimu, sharoit va munosabat yomonligi to'ri kemadi.
Yana Doimiy ish yo'q. Ayni shu bekorchi pallada pochtamga hat keldi.
UMS ga suxbatdan o'tish uchun taklif...
To'risi unchali ishonmadim. Suxbatdan o'tdim. Olishmasa kere, har holda kotta kompaniya dib turgandim, ikkinchi martta chaqirtirishdi. Suxbatlashdik va yana jimlik. Umid qib kutmasam bo'ladi shekili digancha boshqa 1ta takliffi ko'rib chiqish uchun ish beruvchi bilan uchrashgani bordim. Ayni shu uchrashuv paytida UMS dan tel qilishibti. Man bo'sa mobilnikki ovozini o'chirib qo'yganimga bilmaganman. Saxbatdan chiqib qarasaaam, Propusheniyda tirjayib turiptide. Yaxshiyam srochno qaytib qildim. Tel qildimu, xushxabarri eshitib oho xursan bo'ldim. Ana endi haqiqiy URA...

Hullas 2015-yil mart oyidan buyon UMS aloqa operatori mutahassisiman. Ish ko'p. Onson va qiyin joylariyam bor. Lekin eng muhimi o'zimga maqul. Oyli, sharoit, hodimga bo'gan munosabat, hullas hammasi joyida. Yosh kompaniya bo'sayam, sekin asta hammasi o'ziga kevotti. Endi yaxshilab ishlab, o'zimmi ko'rsatadigan payt keldi...

2 oycha NEXT savdo markazida tekin reklamniy internet sistemasini yurg'izib turdim. Shu joyida savol. Nimaga ba'zi ish beruvchila boshida kelishilgan narxxi keyinchali pasaytirishga urinisharkin??? Ish oldingidaka bir tekisda kamchilisiz bajarilsa... Hullas Ziqnala :)

Darvoqe, bu vaqt oralig'ida MUZ.UZ yana bir karra o'z ofisini almashtirdi. Yana Hamid Olimjondamiza :) eski ofisimizani shundo yonida. Kakraz UMS gayam yaqin.

Bu yil MUZ.UZ 5 yoshga to'larkan. O'ylab qarasam, 5 yil 1ta loyihani bir maromda ushab turish onsonmasakan. Lekin shu 5 yoshgacha yetib keldik hisob. Nasib qisa o'zgarishla ko'p bo'ladi. Sekin pod proyektladan boshladik. Ohirgi manzil MUZ.UZ saytini o'zi.

Ayni 5 yoshga to'lgan kun o'zgartirishlani amalga oshiramiza digan niyatdaman.
Darvoqe, jurnalist yoki muxbirla yo'qmi ishlimiza digan? Oyligini harakatini qiberardim.

Buyodan Farmacevtika institutini serverlariyam ancha ko'payib qogan. Oho uladayam ish qalashib qopti.
Hozircha shu...

8 май, 2013

JET Producer

Aprel-2013 haqida

To'g'risi ishla bilan ovora bo'lib blogda yozish esdanam chiqib qoladi.
Demak aprel oyida esda qolarli voqealar bilan o'rtoqlashsam.

O'tgan yilning iyul oyida o'chgan MTS va nihoyat bankrot deya elon qilindi va bu digani MTS o'zbekistondan butunle chiqib ketadi digani. Alvido MTS. Bizning qalbimizda sen eng yaxshi operator sifatida qolasan...

Qayg'udan quvonchga. Ura..... yana jiyanli bo'ldim :)

sbit.uz tayyor bo'ldi...
ozodbek.uz saytini qayta 0 dan yasashshi boshladim...
O'zbegim taronasida bitta yaxshi proyekt taklif qilishdiyu, puliga keganida negadur ular jim... Hafa bo'lishmasinu lekin 1ta loyihani oyoqqa turg'izvogungacha qancha mehnat qilish kere. Ayniqsa internet sohasida. Ko'rilikchi nima qilisharkin... (mne ot etogo ne jarko i ne holodno)

O'zimmi shaxsiy web-studiyammi ochsammikin dib turimman... MUZ.UZ qoshida web-studiya bo'sa, fikrla ko'p. lekin vaqt masalasi chatoq. May oyida ishlarimdan bittasini yig'ishtirsam kere bu ketishda...
(yesli tebe ne zaplatili za tvoyu rabotu, to ti luchshe ne pomogay im i delay svoyu rabotu ne ostanavlivayas, dvigayas vpered!!!)

27 авг, 2012

JET Producer

O'tmishni hotirlab

Tasodifan bir paytla ijod qigan maskanini eslab qosen, yureda shunaqangi tuyg'ula paydo bo'larkan....
TATURADIO.SB.UZ ga kirib, arhivlani o'qib to'risi o'sha paytlada beg'ubor va juda kotta ishtiyoq bilan oddiygina narsalani ustida tinimsiz ishlardik. Hozir bo'sa ishtiyoq yo'qdek. Nima bo'lishidan qat'iy nazar o'sha damla baribir boshqachedi...

Zamonaviy ritm, Yuqori kayfiyat. Biz bilan birga bo'l. TATU Radiosi...

Haqiqiy yuqori kayfiyat damlari. 2006-2011 yillada TATUda o'qiganla silayam eslisilami? :)

17 авг, 2012

JET Producer

Doimgidek hayot, niyat va orzu haqida

1) Mana MTS o'chganigayam roppa-rosa 1 oy bo'ldi. To'risi shu 1 oy ichida qanaqadur dunyodan uzilib qogande hissiyot paydo bo'votti. Baraka topgur "oranjeviy"layam normalno ishlamidi. Nuqul telefon qib tushish muammo. Nima bo'lishidan qat'iy nazar MTS qaytsa judayam yaxshi bo'lardi.

2) Yoz oyi ham o'z nihoyasiga yetib bormoqda. Kuz oldidan kuzga tayyorgarli qilish kere, yanikim yangi loyihalani o'ylash bilan bant bo'lamiz. Hozirda 1-sentyabrga tabassum.uz saytini o'z nihoyasiga yetqizib, ochishni rejalashtirganman. BUndan tashqari kutilmagan va hali o'zbekiston internet olamida qilinmagan video loyihaga qo'l urish ham rejada bor. Kereli aparaturalani obo'ldik hisob. Faqatgina harakat, azgina qunt va ishtiyoq kamlik qilayotganday. Ishqilib bir amallab tezlashtirish va hammasini o'z vaqtida niyat asosida amalga oshirish nasib qisin. Nasib qilsa yangidan yangi loyihala bilan ko'rishguncha...

25 фев, 2012

JET Producer

ZEIGER.UZ

http://ZEIGER.UZ - ZEIGER Impex - Qurilish hom-ashyolarini ishlab chiqaruvchi yurtimizdagi yangi korxona. YEvropa standartlari asosida. Kirib baho berasiz degan niyatdamiz. Faqat verstka va ma'lumotlani to'g'irlab berdik. Dizayn kaminaga tegishli emas.

2 ноя, 2011

JET Producer

Sabr sariq oltin demakdir

Yaqinda salkam shaxsiy serverlik bo'laman... Tezro kesedi shu kun. O'ziyam 50 tonna loyihala shu serverga bog'laniiib turipti... Masalaaan: A'lo Fm radiosi saytini qaytadan ishga tushirish va internet orqali tinglash sistemasini takomillashtirish. O'ziyam 3 yil oldin qibergan sistemam haliyam turipti. Zamonda orqada qolish keremas :) Qo'shimchasiga http://MUZ.UZ saytiga qo'shimcha imkoniyatlayu, boshqa soha va yo'nalishga oid ma'lumotlani jam qigan poddomendigi saytlani ochish... hammasi rejada bor, tayyor, lekiiin serverri kutmoqdamiz... Nasib qisa yengi loyihala bilan diydorlashguncha :)

9 июн, 2011

JET Producer

Samandardan kutilmagan yohud kutilgan jonli ijro :)

Ko'pchilikga yaxshi tanish va sevimli bo'lgan Samandar Hamroqulov jonli ijroda bemalol kuylay olishini isbotlay oladi. Qanday qilib deysizmi? Oddiy. Gastrol safariga yo'l olgan pallada o'zimizning uyali aloqa vositasi yordamida :)

Ko'ramiz va baho beramiz.

Samandar - Har on (Jonli ijro) You Tube

Samandar - Har on (Jonli ijro) My Tube (tas-ix)

Samandar - Har on (Jonli ijro) Ru Tube

19 дек, 2010

JET Producer

MUZ.UZ

MUZ.UZ sayti o'z ish faoliyatini boshladi. Kelajakda ushbu saytda deyarli barcha o'zbek estradasi xonandalari musiqalari joy olishi ko'zda tutilgan. Demak yana bir musiqiy portal dunyoga keldi desak hato bo'lmaydi. Hozirda saytda taronalar joylash ishlari olib borilmoqda. Ana undan so'ng, foydalanuvchilarga yanada ko'proq imkoniyatlar taqdim etamiz. "Marvarid Content" talabiga binoan yaratilgan saytda barcha taronalar bepuldir.

28 апр, 2010

JET Producer

Mart oyida bo'lgan va bo'lmagan voqealar, yohud qisqacha sharx

O'tib ketgan mart oyi juda ham sermaxsul keldi desam aslo hato bo'lmaydi. Kelin ushbu oy nimalari bilan esda qolgani haqida to'xtalib o'tsam:

11-mart. Shaxar onkologiya markaziy shifoxonasida katta hayriya galakoncertini o'tkazishni amalga oshirdik. To'g'ri, tashkilotchilar ancha harakat qilishdi. Kamina esa ushbu tadbirda boshlovchilik qilib, to'g'risi olam-olam zavqqa erishdi.
Ushbu tadbirda ko'pgina taniqli va taniqli bo'lmagan honandalar qatnashishdi. Jumladan : Ruxshona, Sirojiddin, Sanjarbek, Saidxon, rep gurux Proriv (bit-boks chiqishi bilan), Shaxriyor, Abbosxon hamda mega yulduzimiz Rayhon.  Shu kuni tadbirga kela olmagan Husan o'z uzrlarini so'rab qoldilar.
Tadbirni tashkillashtirishimizda juda katta hissalarini qo'shgan Tarona rekords kompaniyasi va shaxsan Davron Muqimovga, Akfa Media kompaniyasi shaxsan Abduraxmon Foziljonovga, A'lo FM radiosi shaxsan Olimho'ja Azimovga, O'zbegim taronasi radiosi (tadbirni oib borish yo'llari va sirlarini o'rgatishdi anchagina) barcha hodimlariga hamda UF tur kompaniyasi, bir neshta shijoatkor yoshlarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
Oradan 2 kun o'tib, yani 13-mart kuni SB.UZ sumalak shou dasturini o'tkazdik. Har doimgidek bosh elektrik hamda texnik administrator kaminani o'zlari :)
Shu kuni ushbu tadbirimizda boshlovchilik qilishi lozim bolgan DJ MIX betob bo'lib qolganliklari sababli, tadbirni olib borish Mirtohir Mirg'ulomovning o'zlari va shaxsan kamina tomonidan amalga oshirildi. Tadbirimiz yaxshi o'tdi va ko'pchilikka bu yilgi sumalak shou dasturimiz yoqdi desam hato bo'lmaydi.

Mart oyida va nihoyat profkur.uz saytidagi 1 ta qolib ketgan kamchilikni tugatgan holda, o'z egasiga 100% topshirishga erishdim. Bundan tashqari http://VIDEO.SB.UZ manzilida SB.UZ portalining ON-LINE video kliplar tomosha qilish bo'limini ishga tushirdim. Hozircha ushbu loyihamiz o'z vazifasini juda yaxshi o'tamoqda va ko'pgina ortiqcha ishlarni kamaytirgan holda, portalimizga kerakli vaqt ajratish imkonini bermoqda.

Mart oyining so'ngida esa 5 yil umrimni o'tqizgan Ziyo internet provayderidan ketish bilan yakunlashga to'g'ri keldi. Ha, 5 yil umr, bu joyni hich qachon esdan chiqarmasam kere. Chunki bu joyda ko'p narsalani o'rgandim, hayotimmi yaxshi va yomon kunlarini shu dargoxda o'tqizganidim. Yuksalish uchun nimadandur kechish kerak diyishadi, ishqilib bundan buyog'iga faqat oldinga... Provayderga bo'sa rivoj...

Mart oyida esda qolgan voqealardan ba'zi birlari shulardan iborat. Yana ko'rishguncha...

Предыдущие 10